
Kompaniyani boshqarish O'zbekiston uchun, 3.0-nashr
Kompaniyalar va YATTlarni kompleks avtomatlashtirish yechimi. Savdoni (ulgurji, chakana, internet orqali), xizmat va servislarni, oddiy ishlab chiqarishni, mijozlar bilan ishlash va CRMni avtomatlashtiradi.
1C:Kompaniyani boshqarish O'zbekiston uchun
Kichik biznesning barcha turlari uchun zamonaviy yechim: savdo, xizmatlar, ishlab chiqarish. Biznesni bitta dasturda boshqaring: CRM, ulgurji, chakana va internet orqali savdo, xaridlar, ombor, xodimlar, moliya, biznes-analitika.
Kimlar uchun
1C:KB — kichik biznesning barcha turlari uchun yechim: alohida chakana do'kondan ulgurji kompaniya, internet-do'kon, servis kompaniyasi va kichik ishlab chiqarishgacha. Agar sizda bir nechta biznes turi bo'lsa, masalan savdo va xizmatlar, ishlab chiqarish va savdo va hokazo, 1C:KBni tanlang.
Imkoniyatlar
CRM
O'rnatilgan CRM tizimida mijozlar va xodimlar bilan muloqot qiling. SMS-xabarlar va elektron pochta orqali, shuningdek mobil telefoniya yordamida lidlar oling. Dasturdan ijtimoiy tarmoqlar va messenjerlar orqali mijozlar bilan muloqot qiling. Lidni savdo voronkasi bo'ylab olib o'ting va savdo hisobotlarida natijani baholang, ABC va XYZ savdo tahlilini o'tkazing, savdo voronkasini shakllantiring. Kontakt-markazda vazifalar va kiruvchi hodisalar bilan Kanban doskasida ishlang. Umumiy doskalarda boshqa xodimlar bilan birgalikda vazifalar ustida ishlang.
Savdo
Ulgurji, chakana va internet orqali soting. Xaridor buyurtmalari bo'yicha savdoni hisobga oling, savdo uskunasi ulangan qulay kassir ish joyidan chakana soting. Tovarlarni kuryer xizmatlari, o'z kuchlari yoki olib ketish orqali yetkazing.
Xaridlar
Yetkazib beruvchilar narxlarini kuzating va eng yaxshi xarid shartlarini tanlang, yetkazib beruvchilarga buyurtmalar shakllantiring, tovar tushumlarini qayd eting va nazorat qiling, farqlarni hisobga oling.
Ombor
Omborda operativ hisob yuriting, zaxiralarni omborlar o'rtasida ko'chiring, mobil ilovalar va savdo uskunasi yordamida inventarizatsiya o'tkazing. Ombor hujjatlari, yorliqlar va narx yorliqlarini chop eting. Zaxiralarni tahlil qiling, to'ldirish ehtiyojini hisoblang, aylanishni nazorat qiling.
Ishlar
Xizmat ko'rsatish va pudrat (loyiha) ishlarini hisobga oling: buyurtmalar va buyurtma-varaqalar shakllantiring, bajarilgan ishlarni qayd eting.
Ishlab chiqarish
Resurslarni yuklashni rejalashtiring, spetsifikatsiyalarni yuriting, ishlab chiqarish taqvim jadvalini kiritng, ishlab chiqarish buyurtmalarini va mahsulot chiqimini ro'yxatga oling, ishlab chiqarish operatsiyalarini hisobga oling, materiallar ehtiyojini va mahsulotning haqiqiy tannarxini hisoblang.
Pul
Hisob-kitob hisoblaridagi va kassalardagi pul mablag'larining harakati va qoldiqlarini hisobga oling. Mijozlar, yetkazib beruvchilar va xodimlar bilan buyurtmalar, shartnomalar, hujjatlar bo'yicha o'zaro hisob-kitoblarni nazorat qiling. To'lov taqvimi yordamida pul mablag'larini operativ rejalashtiring va boshqaring, kassa uzilishlarining oldini oling.
Xodimlar
Xodimlarni qabul qilish, ko'chirish, ishdan bo'shatishni hisobga oling. Shtat jadvali va xodimlar ish jadvalini tuzing. Yuklanishni rejalashtiring va xodimlar samaradorligini baholang, ish jadvallari va ish vaqtini hisobga olishni yuriting, xodimlar topshiriqlari va vazifalarini bajarishini nazorat qiling. Ishlangan vaqt va bajarilgan ish uchun ish haqini hisoblang, shaxsiy savdolarni hisobga oling.
Biznes tahlili
Moliyaviy yordamchi bilan biznesning asosiy ko'rsatkichlarini nazorat qiling. Biznes tahlilida uchta asosiy boshqaruv hisobotini shakllantiring: Pul oqimi, Daromadlar va xarajatlar hamda Balans bo'limlar va loyihalar bo'yicha uzluksiz analitika bilan. Kompaniya bo'yicha ham, alohida bo'limlar va loyihalar bo'yicha ham byudjetlar tuzing. Davr oxirida reja-fakt tahlilini o'tkazing va rejalarni tuzating. Turli stsenariylar bo'yicha biznesning moliyaviy modelini tuzish va «nima bo'lsa» tahlilini o'tkazish imkoniyati mavjud.